Kərbəlayi Abdulla masjidi
Kərbəlayi Abdulla masjidi – Ozarbayjonning poytaxti Boku shahridagi Dilara Aliyeva koʻchasi 155-uyda joylashgan sobiq masjid va tarixiy meʼmoriy yodgorlik. 1894-yilda filantrop Abdulla Zerbaliyev tomonidan qurdirilgan, 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.
Tarixi
Kərbəlayi Abdulla masjididagi tosh bitikka koʻra, masjid hijriy 1336-yilda qurilgan. Biroq kirish darvozasidagi yozuvda qurilish sanasi hijriy 1311-yil deb koʻrsatilgan. Masjid Boku shahar Dumasi aʼzosi boʻlgan filantrop Abdulla Zerbaliyev tomonidan bunyod etilgan.
Ozarbayjonda Sovet istilosidan keyin 1928-yilda dinga qarshi rasmiy harakat boshlandi. Shu yilning dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalar maʼrifiy maqsadlarda foydalanilishi uchun klublar tasarrufiga topshirdi. 1917-yilda Ozarbayjonda 3000 ta masjid boʻlgan boʻlsa, 1927-yilga kelib, ularning soni 1700 ta, 1933-yilga kelib esa atigi 17 tani tashkil qilgan. Ushbu davrda Kərbəlayi Abdulla masjidi ham zarar koʻrgan, uning minoralariga yaqin atrofda yuvilgan kirlar osib qoʻyilgan. Ikkinchi minora esa butunlay buzib tashlangan. Dastlab masjid turar-joy sifatida ishlatilgan, keyinchalik karton fabrikasi, ombor va Rus drama teatri uchun rassomlik ustaxonasi vazifasini bajargan.
Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, 1992-yilda mahalliy aholi tashabbusi bilan masjid faoliyati tiklangan. 2001-yil 2-avgustdagi 132-sonli qarorga muvofiq, masjid mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.
Davlat Din ishlari boʻyicha qoʻmitasida roʻyxatdan oʻtgan Kərbəlayi Abdulla masjidi bugungi kunda diniy muassasa sifatida faoliyat yuritadi.
Meʼmorchiligi
Masjidning gumbazi ham, minorasi ham yoʻq. Sovet davrida mavjud boʻlgan 2 ta minora buzib tashlangan. Namozxona va ayollar uchun moʻljallangan ibodat joyiga kirish qismi alohida boʻlib, bir-biridan pardalar bilan ajratilgan. Namozxonaning maydoni 170 m2 (1,800 kv ft)ni tashkil etadi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Qurilgan
- 1894-yil
- Me’moriy uslub
- Shirvan-Absheron architectural school
- Meros maqomi
- cultural heritage monument in Azerbaijan
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Kərbəlayi Abdulla masjidi (uz.wikipedia.org), 15-dekabr, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.

.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)



.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)