Haydar masjidi

Viceskeeni2 · CC0

Viceskeeni2 · CC0

Post of Azerbaijan · Public domain

Haydar masjidi (ozarbayjoncha: Heydər Məscidi) — Ozarbayjonning sobiq prezidenti Haydar Aliyev nomidagi masjid, Boku shahrining Binaqadi tumanidagi masjiddir.

Tarixi

Haydar masjidini qurish buyrug‘ini Haydar Aliyevning o‘g‘li va vorisi, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2012-yil o‘rtalarida bergan edi. Qurilish ishlari 2012-yil sentabr oyida boshlangan va 2014-yil oxirida rekord muddatda yakunlangan.

2014-yil 26-dekabr kuni masjidning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, unda Ozarbayjon Respublikasi rahbari Ilhom Aliyev, uning rafiqasi Mehribon Aliyeva, Shimoliy Kavkaz muftiylari muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi va Qorachoy-Cherkasiya muftiysi Ismoil Berdiev, Rus pravoslav cherkovi Boku va Ozarbayjon yeparxiyasi rahbari - Aleksandr ota, Boku tog‘ yahudiylari diniy jamiyati raisi Melih Yevdayev, Kavkaz musulmonlari idorasining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatli vakili Shafikir Pshixachev va Kavkaz musulmonlari idorasi shayx ul-islomi Allohshukur Poshozoda ishtirok etgan.

Arxitekturasi

Masjidning umumiy maydoni atrofi bilan birga 12 000 m² ni tashkil qiladi. Masjidning maydoni 4200 m². Fasadi Shirvon-Absheron me'morchiligi uslubidagi maxsus tosh bilan qoplangan. To‘rt minoraning har birining balandligi 95 metrni tashkil qiladi. Masjid ichkarisida maxsus bezak elementlaridan foydalanilgan bo‘lib, gumbaz chetlarida Qur’oni Karim oyatlari o‘yib yozilgan. Bosh gumbazning balandligi 55 metr, ikkinchi gumbazning balandligi 35 metr.

Masjid manzili

Masjid Boku shahri, Binaqadi tumani, Hamza Babashov ko‘chasi, AZ 1107 manzilida joylashgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Me’mor
Adalet Mammadov
Me’moriy uslub
Shirvan-Absheron architectural school
Nomi kimdan/nimadan
Aliyev Haydar Alirza oʻgʻli
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.429167, 49.824444Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Haydar masjidi (uz.wikipedia.org), 8-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.