Imomzoda maqbarasi

Huseyn200021 · CC BY-SA 4.0

Ludvig14 · CC BY-SA 4.0

Sefer azeri · CC BY-SA 4.0

Imomzoda yoki Koʻk imom maqbarasi — Ozarbayjoning Ganja shahrining 7 km yaqinligida, qadimiy Ganja vayronalari tomonda VIII asrga tegishli tarixiy meʼmorlik obidasi.

Abbosquli Ogʻa Bakixonov 1841-yilda yozgan mashhur "Gulistoni Iram" asarida shuni keltirib oʻtgan:

Bir qancha jihatdan qishloq xarobalari vayrona shaharlarda yuksak darajadagi uch imomzodaning Shamaxi, Ganja va Barda shaharlaridagi maqbaralari, shuningdek Bulbula qishlog’idagi Imomzoda maqbarasi shuni ko’rsatadiki, bu mamlakat doimo diniy ulamolarning vatani bo’lgan.

Ganja shahrining eng qiziqarli meʼmorlik obidalaridan biri xalq orasida Koʻk gumbaz yoki Koʻk masjid (Koʻk Imom)nomi bilan tanilgan Imomzoda kompleksidir. Gʻishtdan qurilgan maqbaraning atrofida kichik masjidlar, xonaqohlar, karvonsaroyli uylar, qoʻshimcha xonalardan iborat diniy kompleks insho etilgan, kompleks atrofiga tosh va gʻishtlardan devorlar qurilgan.

Maqbara bu kompleksning eng muhim obidasidir. Imomzoda maqbarasining qurilgan yili aniqlanmagan. Meʼmorlik ishlariga qarab maqbaraning XIV asr oxiri — XV asr boshlarida, atrofidagi kompleks esa XVII asrda qurilgani taxmin qilinadi. Maqbaraning balandligi 12 metr, gumbaz balandligi 2,7 metr, diametri esa 4,4 metrdan iborat.

Gumbaz moviy rangli marmarlar bilan qoplangan („Koʻk imom“ nomi ham ana shu bilan aloqador). Barda va Naxchivon imomzoda masjidlarida boʻlganidek Imomzoda bilan Barda maqbarasi, shuningdek Axsadanbaba maqbarasi orasida meʼmorlik jihatdan uslub oʻxshashligi mavjud. Maqbara keyinchalik (taxminan XVII asrda) ziyoratgohga aylangan va uning atrofida diniy ahamiyat kasb etgan binolar qurilgan. Ganja Imomzoda Piri meʼmorlik obidasi sifatida oʻrta asrlarga tegishli ekani taʼkidlanadi. Imomzoda maqbarasi gʻishtdan qurilgan boʻlib, rangbarang marmarli, gʻisht bilan oʻralgan gumbazga ega.

Atrofida esa masjid, sardoba va boshqa maqbaralar qurilgan. Turli vaqtlarda olib borilgan taʼmirlash ishlari tashqi koʻrinishidagi oʻzgarishlarga sababchi boʻlgan.

Tarixi

thumb|200px|right|Magbaraning plani.

Ibrohimning dafn qilingan qabristoni bir zamonlar Ganja shahrining yaqinligida boʻlgan. Buni maʼlum hudularda olib borilgan qazilma ishlari vaqti topilgan qadimiy ahyolarning, shahar xarobaliklarining qoldiqlari ham tasdiqlaydi. Tarixning turli davrlarida muayyan sabablarga koʻra Ganja shahrining yeri uch-toʻrt marotaba oʻzgartirilgan. Hozirda ziyoratgoh shaharning 6-7 kilometr yaqinligidadir.

Ozarbayjon hududidagi boshqa imomzodalarda boʻlgani kabi Ganja Imomzodasida ham imom avlodi Ibrohimning dafn qilinishi tarixi borasida dastlabki qoʻlyozmalar mavjud emas. Faqat ziyoratgoh haqidagi eng katta haqiqatlardan biri tadqiqotchi olim Mashadixonim Neʼmat tomonidan oʻqilgan tosh yozuvlardir. Yozuvda yozilgan:

U, Alloh boqiydir. Bu Imom Muhammad Bag’ir – unga salom bo’lsin – o’g’li mavlono Ibrohimning muqaddas makoni (joylashgan) sharafli (jannat) bog’idir. O’z bobosining vafotidan 120 yil so’ng vafot etgan – unga Allohning salavoti bo’lsin. Va shu sababli ham bu yuksak maqomga ega yerning barpo etilishiga tbilisilik general-mayor Israfilbey Yodgorzoda hijriy 1296-yilda (1878-79) buyurdi

Qoʻlyozma shuni tasdiqlaydiki, Ganja Imomzoda Pirida — V Imom Muhammad Bagʻirning oʻgʻli Mavlono Ibrohim dafn qilingan.

„Imomzoda“ Ozarbayjon hududidagi muqaddas ziyoratgohlardan biridir. Xususan, Ashuro marosimlari vaqti bu yerga oʻn minglab musulmonlar toʻplanadi. Ganja asosan mahalliy aholi tomonidan Imom Husayn shahri deb ham nomlanadi. Bu ifodaning „Imomzoda“ maqbarasi bilan bogʻliqligi taxmin qilinadi. Tarixchi olim F. Ahmadov „Ganjaning tarixiy xotirasi“ kitobida qayd qilingan ifoda haqida qiziqarli mulohazalarini ilgari surgan. Muallif 1803-yilning dekabridan 1904-yilning yanvar oyigacha Ganjani qamal qilgan rus qoʻshinlari qoʻmondonligining shahar mudofaachilarining irodasini sindirish maqsadida qal’aga boruvchi yerosti suv quvurlarini kesishi boʻyicha buyruq berganidan yozadi. Ishgʻolchilar tomonidan bu „tadbir“ koʻrilgach, shaharda suvsizlik boshlanadi va bu tufayli vafot etganlarning soni ortib boradi.

Hijriy 114-yilda Madina shahrida vafot etgan Imom Bagʻir Boqiy qabristonida oʻz otasining va bobosining yoniga dafn qilingan. Uning oʻgʻli Ibrohimga esa ota-bobolarining mozorlaridan juda uzoqlarda — Ganja tuprogʻida dafn qilinish nasib etgan. Imom Bagʻir oʻgʻli Mavlono Ibrohimning ham tazyiqlar tufayli bu yerga kelgani bashorat qilinadi. Baʼzi manbalarda uning xastalik tufayli vafot etgani qayd qilinadi.

Mavlono Ibrohim Ozarbayjonga kelgan yagona imom avlodi emas. Undan boshqa ham bu oʻlkada panoh topgan paygʻambar avlodlari boʻlgan. Imom avlodlari istiqomat uchun tasodifan Ozarbayjonni tanlamaganlar. Paygʻambar (s.a.v.) naslining namoyandalari bu yerda katta sevgi bilan qarshi olingan, katta ehtirom koʻrsatilgan. Ularni xalq himoya qilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Mavzoley, ibodatxona
Me’moriy uslub
Islom arxitekturasi
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.714752, 46.424672Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Imomzoda maqbarasi (Ganja) (uz.wikipedia.org), 6-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.