Xoʻja alambardor maqbarasi
Xoʻja Alambardor maqbarasi — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (XIX asr); Kamolon qabristoni hududida joylashgan. Xoʻja Abdul Aziz Alambardor (alambardor — bayroqdor) nomi bilan maʼlum boʻlgan shaxsga atab qurilgan. Maqbara gʻishtdan bezaksiz qurilgan. Peshtoq gumbazli, toʻrtburchak tarhli (8,87x8,0 m), gumbaz balandligi 10,3 m. Peshtoq orqali murabba tarhli (6,08x6,08 m) xonaga kiriladi. Xonaning gumbaz osti bagʻallaridagi gʻishtlar mavj usulida terilgan. Maqbara sharqidan 9 m naridagi chillaxona yer ostida joylashgan boʻlib, chortoq tarhli fonusi yer yuziga turtib chiqqan, ichki devorlari chuqur ravoqli. Unga zinapoya orqali tushiladi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Mavzoley
- Meros maqomi
- object of tangible cultural heritage of Uzbekistan
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Xoʻja Alambardor maqbarasi (uz.wikipedia.org), 21-may, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.




