Kichik Bozor masjidi

Rəcəb Həsənbəyov · CC BY-SA 4.0

Rəcəb Həsənbəyov · CC BY-SA 4.0

Rəcəb Həsənbəyov · CC BY-SA 4.0

Kichik Bozor masjidi (ozarbayjoncha: Kiçik Bazar məscidi) – Ozarbayjonning Lenkoran shahrida joylashgan masjid. Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi qarori bilan masjid mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan tarixiy va madaniy meʼmoriy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan (4806-son).

Tavsifi

Kichik Bozor masjidi 1906-yilda bunyod etilgan. Masjid qurilishida, asosan, qizil pishiq gʻisht, mahalliy yogʻoch turlari va keramik plitkalardan foydalanilgan.

Masjid nomi uning joylashgan hududi – Lenkoran markazi Kichik Bozor nomidan kelib chiqqan. Masjidning chap eshigini „Fujul-Fusah“ adabiy kengashi aʼzosi, usta Mammadhasan Najar, oʻng eshigini esa usta Mammadali yasagan. Masjid qurilganda uning yonida Guldesta nomi bilan mashhur boʻlgan muhtasham minora boʻlgan. Ushbu muhtasham minora 1930-yillarda Sovet istilosidan keyin „Dinga qarshi kurash“ shiori ostida buzib tashlangan.

Masjid binosining uzunligi 26 metr, eni 10 metr, devorlarining qalinligi 1 metrni tashkil etadi. Asl minora sovet tuzumi tomonidan vayron qilinganidan soʻng qurilgan 24 metrli minorada oq gʻisht bilan qoplangan arabcha „Alloh“ yozuvi mavjud. Masjidda bir vaqtning oʻzida 250 kishi namoz oʻqishi mumkin.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1904-yil
Me’moriy uslub
Islom arxitekturasi
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 38.765083, 48.852361Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Kichik Bozor masjidi (uz.wikipedia.org), 9-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.