Oqsaroy

Post of Uzbekistan · Public domain

Nilufar Baxronova · CC0

UZPOST · Public domain

Oqsaroy — Toshkent shahri Yakkasaroy tumanining Afrosiyob koʻchasida joylashgan zamonaviy meʼmoriy inshoot boʻlib, 1999-yildan to 2016-yilga qadar sobiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning rasmiy qarorgohi boʻlib xizmat qilgan. Islom Karimov vafotidan soʻng, 2017-yil „Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi“ga aylantirilgan.

Tarixi

Ushbu joy qadimda „Tepaqo‘rg‘on“ deb atalgan va O‘rda yaqinida joylashgan bo‘lib, bu qadimdan boshqaruv joyi sifatida tanlangan. Bu yer anhor kanalining chap sohilida joylashgan hamda yashashab xo‘jalik yuritish va dehqonchilik uchun qulay joy hisoblangan. Arxeologlarning maʼlumotlariga qaraganda, bu maydonda V-XII asrlarda aholi istiqomat qilgan. Shu sababli Oqsaroy qarorgohi uchun aynan shu maydon tanlangan. Anhorning o‘ng qirgʻogʻida eski shaharning O‘qchi, Beshyog‘och, Olmazor, O‘rda, Qoratosh va boshqa mahallalari hamda harbiy qal’a joylashgan edi. Hozirgi Islom Karimov ko‘chasi o‘rnidagi shahar qal’asi devorining Qo‘ymas (Qatag‘on) darvozasi ilk o‘rta asrlarda barpo etilgan Qo‘ymas istehkomi o‘rnida bo‘lgan, uning qoldiqlari keyinchalik „Tali Qo‘ymas“, yaʼni „Qo‘ymastepa“ deb atalgan.

Chor Rossiyasi generali Chernyayev 1865-yilning iyun oyida Toshkent shahrini zabt etgach, ruslar Chernyayaev uchun uy quriladi. Bu ruslar tomonidan qurilgan birinchi bino edi ammo ushbu bino saqlanib qolmagan. 1966-yil harbiy qal’a qurish uchun aynan shu joy tanlanadi. Harbiy qal’aning mudofaa devorlari qurish uchun tuproq tashib kelinadi va tepalik qilib ko‘tarildi. Shu bois eski nom unutilib, „tepa qo‘rg‘on“ nomi bora-bora „tuproq qo‘rg‘on“, deb atala boshlaydi. Qal’a olti burchakli bo‘lib, burchaklarida mustahkam bastionlari bo‘lgan. Ko‘tarmalarning baʼzi joylariga o‘t ochish uchun shinaklar qilish maqsadida g‘ishtdan devor qurilgan.

Qal’a ichida ofitserlar uchun bino, 6 ta piyoda rotasi uchun moʻljallangan kazarma binosi, o‘q-dori, oziq-ovqat va kiyim-bosh omborxonasi, shifoxona hamda porox saqlash uchun yerto‘la qurilgan. Asosiy kirish yo‘li boʻlgan sharqiy darvoza hashamdor uskubda g‘ishtdan qurilgan. Ruslar yangi shaharning qurilishini „Tuproqqo‘rg‘on“ qal’asini qurish bilan boshlashadi. Qal’aning tepalikda joylashganligi harbiy eski shaharni nazorat qilish va shu bilan birga Yangi shaharni qo‘riqlab turish imkonini ham bergan. 1867—1883-yillar davomida har kuni soat 12:00 da xuddi Rus imperiyasi poytaxti Peterburg shahridagi kabi „Tuproqqo‘rg‘on“ qalʼasida zambaraklardan o‘q otilib, ham vaqtni, ham bu yerda ruslar borligini eslatib turilgan. 80-yillarda harbiy muhandis N. G. Shleyfer tomonidan qurilgan qal’a esplanadasidagi ikki qavatli tosh binoda qal’a garnizoni ofitserlar kengashi joylashgan edi. Qal’aning o‘ng tomonida Anhor kanali bo‘yida Turkiston general-gubernatorining uyida bog‘ barpo etilgan. Keyinchalik bu yerda O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining Botanika bog‘i tashkil etilgan. Soʻngra u qayta qurilib, birinchi kosmonavt „Yuriy Gagarin“ nomidagi boqqa aylantirilgan.

XX asrning 60-yillarida Tepaqo‘rg‘on oʻrnida joylashgan harbiy qal’a tekislanib, uning o‘rnida Kompartiya markaziy qo‘mitasi binosi, keyinchalik bolalar istirohat bog‘i va Qo‘g‘irchoq teatri quriladi.

Hozirgo bino

1996-yilda respublika rahbarining doimiy ish joyi, xalqaro marosimlar o‘tkazish va xorijiy mehmonlar qabul qilish uchun Prezident qarorgohini qurishga qaror qilindi. Qurilish ishlari 1997-yilda boshlanib, 1999-yili tugatilgan. Inshoot loyihasi meʼmorlar Azamat To‘xtayev hamda Rustam Shokirov tomonidan tayyorlangan.

Saroy oq marmardan foydalangan holda zamonaviy uslubda qurilgan. Bino uch qavatdan iborat bo‘lib, uning balandligi 29,5 metr, maydoni esa 4522 kvadrat metrni tashkil qiladi. Qurilish jarayonida beton, g‘isht, vitraj, gipsokarton materiallardan keng foydalanilgan. Asosiy qurilish ishlarini mahalliy kompaniyalar bajargan. Ichki bezaklar Yevropaning yetakchi dizaynerlari va qurilish kompaniyalari tomonidan yaratilgan (Yugoslaviya (hozirgi Serbiya va Chernogoriya)ning „Energoproyekt visokogradnya Xolding“ kompaniyasi). Oqsaroy meʼmorchilik uslubi zamonaviylik va o‘ziga xos milliylikni uyg‘unlashtirgan.

Majmua maydoni 9,6 gektarni tashkil qiladi. Qarogoh boʻlib xizmat qilgan vaqtda binoning qabulxonasida (binoning holl qismi) mehmonlar qabul qilinib, muzokaralar olib borish uchun foydalanilgan. Shuningdek, binoda majlislar zali, dam olish xonasi va xizmatchilar xonalari hamda qoʻshimcha xonalar mavjud. Xonalar ixcham va bir-biri bilan hamohang qilib loyihalashtirilgan. Bino oddiy geometrik shakllardan tashkil topgan. Peshtoqi maydaravoqchali, ustunli, 2 qanoti galereyali, oʻrta qismsi rotonda shaklida ishlangan. Sathi katta oʻlchamdagi tosh boʻlaklari bilan qoplangan. Interyeri yuqori sifatli materiallar bilan jihozlangan. Qabulxonaning oq va zangori marmarli pol sathi yarqiragan baland shifti bilan uygʻunlashgan. Tabiiy qurilish materiallaridan mahorat bilan say-qallangan. Atrofi manzarali daraxt, gulzor va favvoralar bilan bezatilib, koʻkat chimlar yotqizilgan, shamchiroqlar oʻrnatilgan.

Saroy bog‘i

Oqsaroy maydonida bog‘ tashkil qilingan boʻlib, unda jami 1789 tup daraxt mavjud. Ushbu daraxtlarning 932 tupi ignabargli, 354 tupi manzarali, butali, 218 tup mayda bargli, 179 tupi esa mevali daraxtlardan iborat. Shuningdek, 106 tupdan iborat turfa gullar ham bor. Oqsaroy bog‘i boshqa bog‘lardan farqli ravishda, bu yerdagi manzarali va mevali daraxtlar yonma-yon ekilgan. Butalar va gullar esa landshaft dizayni asosida ekilgan. Tyanshan archasi, Qrim qaragʻayi, shimol archasi va qarag‘aylari, kashtan, lipa, yapon sakurasi, shamshod, kedr, eman, qayin, terak daraxtlari dunyoning to‘rtta mintaqasidan keltirilgan. Mevali daraxtlardan olcha, gilos, olma, yong‘oq, o‘rik, anor, nok, behi, tok, jiyda mavjud. Boqqa lochin, olmaxon olib kelingan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Qarorgoh, muzey
Me’moriy uslub
Neoklassik arxitektura
Nomi kimdan/nimadan
Oq rang

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.308300, 69.259900Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Oqsaroy (Toshkent) (uz.wikipedia.org), 1-dekabr, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.