Yunus Rajabiy muzeyi

Miss Kamola · CC BY-SA 4.0

Miss Kamola · CC BY-SA 4.0

Miss Kamola · CC BY-SA 4.0

Yunus Rajabiy muzeyi – Oʻzbekiston xalq artisti Yunus Rajabiy hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan uy-muzey. Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan.

Tavsifi

Muzey 1997-yil dekabr oyida, Yunus Rajabiy tavalludining 100 yilligi arafasida uning oʻgʻli Hasan Rajabiy tomonidan tashkil qilingan. Muzeyning birinchi qavatida memorial va cholgʻu asboblar ekspozitsiyasi xonasi hamda mehmonxona joylashgan. Memorial xonada Yunus Rajabiyning mebellari, radio, ustki kiyimi, stolining ustida esa musiqa asbobi, notalari, ruchka, choynak-piyolalari qoʻyilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining 1989-yil 13-sentyabrdagi 301-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 1989-yil 28-sentyabrdagi 385-son buyrugʻiga asosan 1957-1976-yillar davomida yashagan atoqli bastakor va hofiz, Yunus Rajabiy uy-muzeyi tashkil etildi.

Maʼlumot

Yunus Rajabiy uy-muzeyi 1997-yil 19-dekabrda tashrif buyuruvchilarni qabul qila boshladi. Yunus Rajabiy 1897-yil 5-yanvarda Toshkent shahrining Chaqar mahallasida yashovchi bogʻbon oilasida, 16-farzand boʻlib dunyoga kelgan.

1910—1913-yillarda eski maktabda oʻqigan.

1913—1914-yillarda u musiqa ilmini tanlagan.

1918—1923-yillarda musiqa texnikumida tahsil olgan.

1923—1927-yillarda Samarqand shahrida ochilgan Pedagogika institutida ishlagan.

1927—yilda radio qoʻmita qoshida Toshkentda birinchi oʻzbek xalq milliy cholgʻu ansamblini tashkil etdi.

1934—1939-yillarda O`zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olgan.

1940—1941-yillarda Moskvadagi bastakorlik kurslarida tahsil olgan.

1942—1946-yillarda Maqomchilar ansamblini tashkil qilgan.

1959—1976-yillarda Maqomchilar ansamblini qayta tuzib, bu ansamblda umrining oxirigacha rahbarlik qilgan.

1953—yilda Oʻzbekiston Xalq artisti

1966-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi

1967-yilda Mehnat qizil bayroq ordeni

1971-yilda Hamza mukofoti sovrindori

Yunus Rajabiyning 12 farzandi (7 oʻgʻil va 5 qiz) boʻlgan[manba kerak].

Qisqa ma’lumot

Turi
muzey, historic house museum
Qurilgan
1997-yil

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.305100, 69.260600Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Yunus Rajabiy uy-muzeyi (uz.wikipedia.org), 4-dekabr, 2024 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.