Orhan Gazi masjidi

Adbar · CC BY-SA 3.0

R Prazeres · CC BY-SA 4.0

Mustafa DUMAN · CC BY 3.0

Orxan Gazi masjidi (turkcha: Orhan Gazi Camii) – Turkiyaning Bursa shahridagi tarixiy masjid. 1339–1340-yillarda yirik xayriya majmuasi tarkibida asos solgan Usmoniylar hukmdori Oʻrxon I nomi bilan atalgan. Usmoniylar sulolasi tomonidan qurdirilgan va bugungi kunga qadar saqlanib qolgan eng qadimgi yodgorliklardan biri.

Tarixi

Masjid Usmoniylar hukmdori Oʻrxon I (Oʻrxon Gʻozi nomi bilan mashhur) tomonidan milodiy 1339–1340-yillarda (hijriy 740-yil) qurdirilgan boʻlib, bu narsa darvoza ustidagi saqlanib qolgan arab yozuvi bilan tasdiqlangan. Masjid 1413-yili Karamanoğulları hukmdori Mehmed II tomonidan Bursani qamal qilgan vaqtda yongʻindan zarar koʻrgan, old fasadi va ayvoni vayron boʻlgan. 1417-yilda Sulton Mehmed I buyrugʻi bilan taʼmirlangan, sulton bu vazifani oʻzining sadri aʼzami Boyazid poshoga topshirgan.

Masjidga oid eng qadimgi vaqf hujjati 1360-yilga tegishli. Undan tashqari 1400-yillarda unga qoʻshimcha kiritilib, masjid zaviye sifatida taʼriflangan. Ilk Usmoniylar davrida qurilgan ushbu turdagi boshqa binolar singari Orhan masjidi ham dastlab soʻfiy darvishlariga xizmat qilish uchun moʻljallangan boʻlib, turar-joy, yigʻilish hamda turli marosimlarni oʻtkazishga moʻljallangan.

Hozirgi kunda saqlanib qolgan minora XVII asrga tegishli boʻlib, eski minoraning poydevori ustiga qurilgan. Shahardagi koʻplab tarixiy inshootlar singari, masjid 1855-yilgi Bursa zilzilasida zarar koʻrgan va 1863–1864-yillarda fransuz arxitektori Léon Parvillée tomonidan taʼmirlangan. Masjid ichidagi naqshli bezak 1864-yilda yaratilgan boʻlib, bu haqida mehrob ustidagi yozuvda ham qayd etilgan. Minoraning konus shaklidagi qoʻrgʻoshin qoplamasi 1899-yilda yangilangan. 1904-yilda yana minora yana bir bor taʼmirdan chiqarilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, architectural landmark
Ochilgan
1339-yil
Muhim voqea
Bursa earthquake of 1855
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Material
rubble, Gʻisht
Tarkibiy qismi
Orhan Gazi Külliye, Bursa and Cumalıkızık: the Birth of the Ottoman Empire
Joylashgan hudud
Marmara Region
Nomi kimdan/nimadan
Urxon
Meros maqomi
part of UNESCO World Heritage Site

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.183889, 29.064167Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Orhan Gazi masjidi (uz.wikipedia.org), 3-fevral, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.