Urfa qal'asi

Klaus-Peter Simon · CC BY-SA 3.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Urfa qal'asi

Urfa qal'asi-Shanliurfa shahar markaziga yaqin joyda,shaharning janubi-g'arbidagi Damlajik tog'ining etagida joylashgan.Urfa qal'asining atrofini sharqiy,g'arbiy va janubiy tomondan mudofaa xandaqlari va shimoliy tomonini esa tik qoyalar o'rab turadi.

Xususiyatlari.

Urfa qal'asi qadimgi davrda sroenelar tomonidan qurilgan.Qal'aning devorlari esa 814-yilda Abbosiylar tomonidan qurdirilgan.Turli madaniyatlarga mansub bo'lgan odamlarni bag'rikenglikda to'plagan va etnik o'ziga xos tuzilishi bilan janubiy-sharqiy Anadolu mintaqasining sayohat yo'llarining tepasida joylashgan Shanliurfa, shaharning ramziga aylangan qal'asi bilan bugungi kunda ko'plab turistlarni o'ziga jalb qilmoqda.

Urfa qal'asining hikoyasi

Urfa qal'asi Ibrohim payg'ambar hikoyasi bilan din jihatidan o'ziga xos ma'noga ega.Afsonaga ko'ra Nemrut bir kuni tushida taxtining yiqilganligini ko'radi.Buning ma'nosini bilish uchun munajjimlarni chaqirtiradi.Munajjimlar uning tushini eshitib, yangi tug'ilgan chaqaloq uning qirolligini tugatib,Yakka Xudolik dinini yoyishini aytadi.Nemrut buning oldini olish uchun o'lkasidagi barcha chaqaloqlarni o'ldiradi.Yolg'iz Ibrohim payg'ambar onasi tomonidan bir g'orga yashiriladi.Vaqtlar o'tib,Ibrohim alayhissalom ulg'ayib,mahalliy xalqni Yakka Xudolik diniga chorlaydi.Ibrohim alayhissalom butlarni yo'q qilishni boshlaganda, Nemrut uni jazolashga qaror beradi.Afsonaning davomida Ibrohim alayhissalom manjaniq bilan Urfa qal'asidagi Baliqli ko'l joylashgan katta olovga tashlash uchun olib kelinadi va manjaniqda olovga otiladi.Ollohning amri bilan otash suvga, yongan o'tinlar baliqqa aylanadi.Shunday qilib,rivoyatga ko'ra Baliqli ko'l vujudga keladi. Durdona.Choriyeva (munozara) 12:56, 4-Dekabr 2022 (UTC)

Qisqa ma’lumot

Turi
rocca, archaeological site
Joylashgan hudud
Southeastern Anatolia Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 37.145400, 38.784000Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Urfa qal'asi (uz.wikipedia.org), 20-aprel, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.