Salimiya masjidi (Konya)
Salimiya masjidi (Salim II masjidi, turkcha: Selimiye Camisi) – Turkiyaning Konya shahrida joylashgan XVI asga oid Usmonli masjidi.
Manzili
Masjid Konyaning Karatay oʻrta munitsipalitetida joylashgan. Bino shaharning biznes markazida, Aziziye masjidining sharqiy qismida, fors soʻfiy tasavvuf vakili mavlono Jaloliddin Rumiy (hozirgi Mavlono muzeyi) ziyoratgohi majmuasi yonida qurilgan.
Tarixi
Masjid 1558-yilda Salim II tomonidan shahzodalik davrida sanjak hokimi vazifasida xizmat qilgan vaqtida foydalanishga topshirilgan. Masjid mamlakatda Xoʻja Sinon bosh meʼmor boʻlib turgan vaqtda qurilgan boʻlsa-da, meʼmorning tarjimai hollarida ushbu bino qayd etilmagan. Sinon qoʻlyozmlarida Konyada bunyod ettirilgan hospisning taʼmirlanishinigina sanab oʻtgan. Qurilish ishlari 1570-yilda Salim II mamlakat sultoni boʻlganidan keyin yakunlangan. Keyinchalik, Salimiya masjidi 1685, 1816 va 1914-yillarda uch marta taʼmirlangan.
Arxitekturasi
Ikki minorali masjid XVI asrga oid Usmonli masjidi boʻlib, Istanbuldagi Fotih masjidiga oʻxshab qurilgan. Namozxona katta gumbaz bilan qoplangan. Ayvon ustida yettita kichik gumbazlar bor. Mehrob koʻk marmardan, minbar oq marmardan bunyod etilgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid, kulliya
- Qurilgan
- 1558-yil
- Me’moriy uslub
- Ottoman architecture
- Material
- Stone
- Joylashgan hudud
- Markaziy Anadolu mintaqasi
- Nomi kimdan/nimadan
- Salim II
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Salimiya masjidi (Konya) (uz.wikipedia.org), 26-yanvar, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.



%2520-%2520panoramio.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)
