Xidir masjidi

Sefer azeri · CC BY-SA 4.0

Samral · CC BY-SA 4.0

Samral · CC BY-SA 4.0

Xidir masjidi (ozarbayjoncha: Xıdır məscidi; forscha: مسجد خدیر‎‎) – XIV asrga oid tarixiy masjid. Ushbu yodgorlik Icheri-sheherning bir qismi boʻlib, Ozarbayjonning Boku shahri Muslim Magomayev koʻchasida joylashgan. Bino Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan milliy meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan.

Tarixi

Xidir masjidi 1301-yilda koʻplab zinali koʻchalardan birida qurilgan. Koʻchaning bunday tuzilishi oʻz navbatida masjidning meʼmoriy joylashuviga ham taʼsir koʻrsatgan.

1988-yilda masjid gumbazining pastki qavatida arxeologik qazishma ishlari, shuningdek, bino portalida restavratsiya ishlari olib borilgan. Masjid zardushtiylik ibodatxonasi negizida bunyod etilgan.

Arxitekturaviy xususiyatlari

Xidir masjidi interyeri, kompozitsiyasi hamda toshdan yasalgan qismlariga yorqin oʻymakorlik naqshlari bilan ishlov berilgan. Oʻzgacha badiiy ishlov berilgan mehrob hamda zal ham qiziqarli koʻrinishga ega ekanligi bilan ahamiyatga ega. Masjidning janubiy jabhasida toʻgʻri profilli derazalar oʻrnatilgan. Shuningdek, binoning quyi profilli qismi boʻylab ishlov berishda qoʻllangan usullar sharq meʼmorchilik sanʼati namunalarini oʻzida mujassam etgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1301-yil
Me’moriy uslub
Islom arxitekturasi, Shirvan-Absheron architectural school
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.365000, 49.833889Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Xidir masjidi (uz.wikipedia.org), 8-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.