Teshikkoʻpriktepa

Lisaveta84 · CC BY-SA 4.0

Lisaveta84 · CC BY-SA 4.0

Teshikkoʻpriktepa, Eshak koʻpriktepa — V—XIII asr boshiga oid arxeologik yodgorlik. Toshkent sh.ning "Hamza" metrosi styasi yaqinida (Xalklar doʻstligi shohkoʻchasida) joylashgan. T.ni bir necha marta oʻlkashunos D. D. Bukinich (1930-yillar), ToshDU arxeologiya kafedrasi (1950-yillar), arxeologlar K. A. Shaxurin va Yu.F. Buryakov (1962-yilda), Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (M. I. Filanovich va boshqa, 1968-yil) tekshirgan. T. arkli, istehkomsiz manzilgoh. Bal. 6 m ga yetadigan ark xarobalari saqlangan. Dastlab manzilgoh xarobasining maydoni 500x600 m boʻlgan. Ark xom gʻisht va paxsadan qurilgan yaxlit inshootdan iborat boʻlib, alohida xonalarga boʻlingan va kalin tashqi devor bilan oʻralgan. Qalʼa markaziy qismidagi binolar 5—VIII asrlarga mansub. Arablar istilosi davrida (VIII asr) binolar buzilgan va yonib, vayronaga aylangan. 9— XII asrlarda tepa hududi va arkida hayot tiklangan. Aholi temirchilik, metall buyumlar tayyorlash bilan shugʻullangan. T. Choch poytaxti Binkatnint atrofida joylashgan savdo hunarmandchilik qishloklaridan biri boʻlgan. XIII asr boshida butunlay xarobaga aylangan.

Qisqa ma’lumot

Turi
archaeological site
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.286483, 69.218182Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Teshikkoʻpriktepa (uz.wikipedia.org), 8-iyun, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.