Chalabiylar masjidi
Chalabiylar masjidi (ozarbayjoncha: Çələbilər məscidi) – sobiq masjid, hozirgi kunda xaroba holatda boʻlgan tarixiy meʼmoriy yodgorlik. Ozarbayjonning Jabrayil tumani Chalabiylar qishlogʻida joylashgan. 1678-yilda qurib bitkazilgan ushbu sobiq masjid 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.
Masjid 1928-yilgacha faoliyat yuritgan, 1993-yilda masjidga katta zarar yetgan.
Tarixi
Masjid 1678-yilda Muhammad ibn Hoji Garamon Ahmad tomonidan bunyod etilgan. Masjid, shuningdek, diniy va dunyoviy fanlar oʻqitilgan madrasa sifatida ham faoliyat koʻrsatgan. XVIII asrda yashagan ozarbayjon shoiri Molla Vali Vidadi ham ushbu madrasada dars bergan.
Ozarbayjonda sovet istilosidan soʻng 1928-yilda dinga qarshi rasmiy harakat boshlandi. Oʻsha yilning dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalarni dunyoviy maqsadlarda foydalanish uchun maʼrifiy klublar ixtiyoriga oʻtkazdi. 1917-yilda Ozarbayjonda qariyb 3 000 ta masjid boʻlgan boʻlsa, 1927-yilga kelib ularning soni 1 700 ta, 1933-yilga kelib esa 17 tani tashkil qilgan. Chalabiylar masjidi ham sovet bosqinidan keyin oʻz faoliyatini toʻxtatgan.
Ozarbayjon mustaqilligini qoʻlga kiritgach, 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan masjid mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritildi. Jabrayil tumani bosib olinganidan keyin Chalabiylar masjid-madrasa majmuasi taʼmirlanib, asl holatiga qaytarildi. Biroq 1993-yilda Armaniston Qurolli Kuchlari Chalabiylar qishlogʻini bosib olganidan soʻng, majmua armanlar tomonidan yoqib yuborilgan va talon-taroj qilingan, natijada, masjid binosi yaroqsiz holga kelgan. 2020-yil 26-oktyabrda qishloq Ozarbayjon Qurolli Kuchlari tomonidan bosqinchilardan ozod qilingan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Qurilgan
- 1678-yil
- Meros maqomi
- cultural heritage monument in Azerbaijan
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Chalabiylar masjidi (uz.wikipedia.org), 3-fevral, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.



.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)

