Chin masjidi

Urek Meniashvili · CC BY-SA 3.0

Samral · CC BY-SA 4.0

Samral · CC BY-SA 4.0

Chin masjidi (ozarbayjoncha: Çin məscidi) – XIV asrga oid tarixiy masjid. Ozarbayjonning Boku shahrida, Shirvonshohlar saroyi yaqinida, Icheri-sheherning bir qismi hisoblanuvchi Kichik Gala koʻchasida joylashgan. Bino Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan milliy meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan.

Tarixi

Masjid fasadidagi kirish eshigi tepasida joylashgan epigrafik yozuvga koʻra, bino 1375-yilda (hijriy 777) qurilgan. Shuningdek, masjid Fazlulloh Imom ibn Usmon Shirvoniy vasiyatiga koʻra qurilgani ham taʼkidlab oʻtilgan. Shu sababga koʻra ham masjid baʼzan ushbu shaxs nomi bilan ham ataladi.

Fasaddagi boshqa epigrafik yozuvlardan maʼlum boʻlishicha, yodgorlik 1772–1773-yillarda (hijriy 1186-yil) Mas’ud Ali tomonidan restavratsiya qilingan.

2012-yilda Icheri-sheher Davlat tarixiy-arxitektura qoʻriqxonasi tomonidan muzeyda katta taʼmirlash va tiklash ishlari olib borilgan.

Arxitekturaviy xususiyatlari

Masjid interyerining janubiy qismi devoridagi toʻrtburchak shaklda boʻlib, yonlari hoshiyalangan stalaktik mehrob Shirvon-Absheron meʼmorchilik maktabi asosida yaratilgan, qirralarida kichik boʻshliqlar mavjud.

Masjidning asosiy jabhasi assimetrik shaklda boʻlib, binoning kirish yaʼni portal qismi klassik usulda yaratilgan.

Portalning aniq profillangan toʻrtburchak shakldagi ramkasi, profilli boʻshligʻi va arabcha epigrafik sarlavhasi klassik uslubda ishlangan. Shaharning oʻrta asrlardagi sharqiy uslubda yaratilgan portallari orasida ushbu masjidning kirish qismi klassik usulda ishlangan oʻziga xos portallardan biri hisoblanadi.

Ekspozitsiya

Masjidda qadimiy tangalar ham saqlanadi, shuningdek, ularning oʻziga xos alohida koʻrgazmasi ham mavjud. Muzeyning asosiy ekspozitsiyasi Ozarbayjonda pul muomalasi boshlanganidan buyon turli davrlarda mavjud boʻlgan Sosoniylar, Safaviylar, Shirvonshohlar va boshqa davrlarga oid pul birliklari, tangalar va boshqa qiziqarli qadimiy eksponatlar hisoblanadi. Koʻrgazmalar alohida davrlarga boʻlingan va turli vitrinalarga guruhlangan. Davrning umumiy xususiyatlari, oʻziga xos xususiyatlari, turlari va oʻsha davrdagi valyuta birliklarining joylashuvi haqidagi maʼlumotlar vitrinalardan tashqaridagi alohida doskalarga oylashtirilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1375-yil
Me’moriy uslub
Islom arxitekturasi, Shirvan-Absheron architectural school
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.366000, 49.832505Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Chin masjidi (uz.wikipedia.org), 8-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.