Jin masjidi

Samral · CC BY-SA 4.0

Urmen19 · CC BY-SA 4.0

Samral · CC BY-SA 4.0

Jin masjidi (ozarbayjoncha: Cin məscidi) XIV asrga oid tarixiy masjidlardan biri. Ozarbayjonning Boku shahridagi Gala burilishida joylashgan Eski shahar va Shirvonshohlar saroyining bir qismi hisoblanadi. Bino Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan milliy meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan.

Tarixi

Masjid Sharqiy darvozaning pastki qismida joylashgan. Fasadida hech qanday yozuvlar yo‘q. Bino XIV asrda qurilgan va Qur’ondagi Jin surasi nomi bilan atalgan deb ishoniladi. Masjiddan oʻsha davrda mahalla masjidi sifatida foydalanilgan.

Tasnifi

Masjid toʻrtburchak shaklda qurilgan boʻlib, uning tepa qismi uchli tosh gumbaz shaklida. Muqarnasga oʻyilgan besh pogʻonali toʻrli mehrob ichki qismining janubiy devorlari toʻrtburchaklar shaklida hoshiyalangan boʻlib, umuman Shirvon-Absheron meʼmorlik maktabiga xos naqshlar bilan bezatilgan.

Masjidning asosiy qismi assimetrik shaklda boʻlib, kirish qismi klassik usulda qurilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1375-yil
Me’moriy uslub
Islom arxitekturasi, Shirvan-Absheron architectural school
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.365833, 49.832500Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Jin masjidi (uz.wikipedia.org), 11-may, 2024 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.