Gileyli masjidi
Gileyli masjidi (ozarbayjoncha: Gileyli məscidi) yoki Jomard Garay masjidi (ozarbayjoncha: Comərd Gəray məscidi) – XIV asrga oid tarixiy masjid, Ozarbayjonning Eski Boku shahridagi Mirza Mansur koʻchasida joylashgan. Bino Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan milliy meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan.
Tarixi
Gileyli masjidi ikki bosqichda qurilgan: 1309-yilda Shirvonshohlar davrida hamda XIX asrning ikkinchi yarmida. Avvaliga masjidning eshiklari yongʻoq daraxtidan boʻlgan, lekin keyinchalik bu eshiklar yoqib yuborilgan.
Arxitekturaviy xususiyatlari
Gileyli masjidining qadimgi qismi xochsimon gumbazli kompozitsiyaga ega. Burchaklariga kichik-kichik xonalar joylashtirilgan. Aniq mutanosib, profilli, meʼmoriy elementlar va detallar bilan bezatilgan mehrob oʻzining qattiqligi va katta massalar tektonikligi bilan ajralib turadigan zalning ichki qismini boyitadi.
Gileyli masjidining XIX asrda qurilgan yangi qismi bino sxemasining yaxlitligiga taʼsir qilmaydi, aksincha qulayligini yanada oshiradi. Masjidning uchli gumbazi bino kompozitsiyasining ajralmas qismiga aylangan. Bino qurilishida Yevropa meʼmorchilik kompozitsiyasining yangi elementlari joriy etilgan boʻlib, bu uslub fasad tuzilishida yaqqol koʻzga tashlanadi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Qurilgan
- 1309-yil
- Me’moriy uslub
- Shirvan-Absheron architectural school
- Meros maqomi
- cultural heritage monument in Azerbaijan
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Gileyli masjidi (uz.wikipedia.org), 15-may, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.


.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)