Qiz Qalasi suv ombori

Press Service of the President of the Republic of Azerbaijan · CC BY 4.0

Qiz Qalasi suv ombori (Ozarbayjoncha: Qız Qalası su anbarı) 1999—2008-yillarda Eron va Ozarbayjon oʻrtasidagi xalqaro chegaradan oʻtgan Araz daryosida qurilgan. Suv ombori Xoda Afarin suv omboridan 12 km quyida joylashgan. Ozarbayjonning Jabrayil tumani hududini qamrab olgan. 1993-yildan 2020-yil 18-oktabrgacha suv ombori shu nomdagi GES bilan birgalikda Armaniston Respublikasi nazoratida edi. Giz Galasi suv ombori 12 ming gektar yerni suv bilan ta’minlash quvvatiga ega.

Tarixi

Qiz Qalasi suv omborini qurishdan asosiy maqsad gidroenergetika ishlab chiqarish va sugʻorish boʻlgan. Loyiha 1977-yil oktyabr oyida Sovet Ittifoqi va Eron oʻrtasidagi kelishuv asosida ishlab chiqilgan. Loyiha 1982-yilda yakunlangan.

1994-yil 28-iyun — 2-iyul sanalarida Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyevning Eronga birinchi rasmiy tashrifi chogʻida loyihani amalga oshirish boʻyicha memorandum imzolangan.

2016-yilning fevral oyida Ozarbayjon va Eron hukumatlari oʻrtasida Xoda Afarin va Giz Galasi suv omborlarini qurish, foydalanish, energiya va suv resurslaridan foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolangan.

Qisqa ma’lumot

Turi
suv ombori

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.169167, 47.017500Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Qiz Qalasi suv ombori (uz.wikipedia.org), 6-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.