Hoji Alakbar masjidi

Elnur777536276 · CC BY-SA 4.0

Hoji Alakbar masjidi (ozarbayjoncha: Hacı Ələkbər məscidi) Ozarbayjonning Fuzuliy shahrida joylashgan masjid. Ayrim manbalarda masjid nomi Hoji Alekber masjidi deb ham beriladi.

Tarixi

Hoji Alakbar masjidi 1890-yilda oʻsha davrning taniqli meʼmori, Shusha shahridagi Yuxari Govhar ogʻa masjidi va Ashagʻi Govhar Ogʻa masjidi, Agʻdamdagi Agʻdam masjidi, Horadiz va Qochahmadli qishloqlaridagi masjidlar, Odessadagi Tatar masjidi, Ukraina va Turkmanistonning Ashxobod shahridagi Qababagʻlilar masjidlari meʼmori Karbalayi Safixon Qorabog'iy tomonidan qurilgan.

Ushbu islom meʼmorchiligi yodgorligi Qorabogʻdagi 300 ta diniy yodgorliklar qatoriga kiradi, shuningdek, masjid Fuzuliy shahrida joylashgan Qiyas ad-Din masjidiga oʻxshashligi bilan ham mashhur. Hoji Alakbar masjidi Fuzuliy shahri bilan birga 1993-yilda arman qoʻshinlari tomonidan bosib olingan va ishgʻol paytida uning holati nomaʼlum boʻlgan. Keyinchalik shahar Ozarbayjon tomonidan qaytarib olinganidan keyin Hoji Alakbar masjidining vayron qilinganligi aniqlangan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1890-yil
Me’mor
Kerbalayi Sefixon Karabogi
Me’moriy uslub
Islom arxitekturasi, Arran architectural school

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.595556, 47.145278Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Hoji Alakbar masjidi (uz.wikipedia.org), 16-noyabr, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.