Qargʻabazar masjidi
Gargabozor masjidi (ozarbayjoncha: Qarğabazar məscidi) – Ozarbayjonning qadimiy masjidlaridan biri. Bino Ozarbayjonning Fuzuliy tumanidagi Qargʻabazar qishlogʻida joylashgan boʻlib, Gʻiyos ad-Din masjidi nomi bilan ham tanilgan. Safaviylar sulolasi davriga oid bu masjid 1682-yilda qurilgan.
Tarixi
Masjidning kirish eshigida „Bu masjidni Alloh taoloning halol bandasi Hoji Gʻiyosiddin hijriy 1095-yilda qurdirgan“ (1683—1684-yillar Grigoriy taqvimi) degan yozuv mavjud. Hoji Gʻiyos ad-Din masjidining balkoni yoʻq, binoda faqatgina 1 ta zal mavjud boʻlib, mahalliy qurilish materiallaridan (asosan, tosh) qurilgan. Masjid tomi ark shaklida. Binoning kirish eshigidan boshqa hech bir qismida hech qanday yogʻochdan foydalanilmagan. Masjid qishloq markazida joylashgan qoyali tepalikda qurilgan. Oʻsha yili qurilgan karvonsaroy esa qishloqning janubiy qismida joylashgan.
Karvonsaroy va masjidning meʼmoriy tahliliga koʻra, ularning ikkalasi ham bir meʼmor tomonidan qurilgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Qurilgan
- 1683-yil
- Meros maqomi
- cultural heritage monument in Azerbaijan
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Qargʻabazar masjidi (uz.wikipedia.org), 9-fevral, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.




.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)
