Murod darvozasi

Interfase · Public domain

Interfase · CC BY-SA 4.0

Photo by MrArifnajafov (Photography from the original). · CC BY-SA 3.0

Murod darvozasi (ozarbayjoncha: Murad darvazası) — Ozarbayjonning Boku shahridagi Icheri-sheher qismida joylashgan, Shirvonshohlar saroyi majmuasining markaziy hovlisining sharqiy devoridagi yirik darvoza. Bu majmua hududidagi XVI asrga oid yagona inshootdir.

Murod darvozasi UNESCOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Shirvonshohlar saroyining bir qismi hisoblanadi.

Tarixiy vaziyat

1576-yilda Shoh Tahmasib I vafotidan so‘ng, uning vorisi Shoh Ismoil II taxtga o‘tirdi. 1555-yilda tuzilgan Amasya tinchlik shartnomasi shartlariga rioya qilmagan yangi hukmdor, Usmonli amirlarini o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qiladi. Shu sababli, Usmonli Sultoni Murod III hududda barqarorlikni ta’minlashni buyuradi. Safaviylarning Luriston voliyi Usmonlilar tomoniga o‘tganidan keyin munosabatlar yanada taranglashadi. 1577-yilda Shoh Ismoil II vafotidan so‘ng taxt uchun kurash boshlanadi. Safaviylar davlati uchun bunday qiyin siyosiy vaziyatda Sulton Murod III urush e’lon qiladi.

1578–1590-yillardagi urush shimolda Kavkaz frontida va janubda Iroq frontida olib borildi. 1578-yilda Muhammad Xudabanda Safaviylar taxtiga o‘tirdi. 1578-yil 9-avgustda Usmonli va Safaviy qo‘shinlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Childir jangi natijasida Safaviylar butun Gruziya, jumladan Tiflis ustidan nazoratni yo‘qotdilar. 1583-yildagi janglar natijasida Dogʻiston va Shirvon Usmonlilar nazoratiga o‘tdi. Ularning sharqdagi chegaralari maksimal darajada kengaydi va ular ilk bor Kaspiy dengiziga chiqish imkoniga ega bo‘ldilar. 1590-yilda imzolangan Istanbul shartnomasiga ko‘ra, butun Shirvonning Usmonlilar hukmronligiga o‘tishi tan olindi.

Qurilishi

Murod darvozasi Shirvonshohlar saroyi majmuasi hududidagi XVI asrga oid yagona binodir. Darvozaning yuqori qismidagi ikkita medalyon orasidagi arabcha yozuvda shunday deyilgan:

Ushbu olijanob binoni adolatli va buyuk Sulton Murod III hukmronligi davrida Ulug‘ Rajab Bobo Bakuviy hijriy 994-yilda qurishni buyurdi. (Grigorian taqvimi bo‘yicha 1585–1586-yillar)

Darvoza tabrizlik me’mor Amirshoh tomonidan qurilgan.

Vazifasi

Saroy majmuasining umumiy rejasiga e’tibor berilsa, hovlining bu qismida saroy binosiga kirish imkonini beruvchi birorta ham eshik yo‘qligi ayon bo‘ladi. Shuning uchun darvoza go‘yo alohida ajratilgan va unga tutashgan devorlar bilan "bog‘lanmagan". Darvoza yaxshi sayqallangan sifatli toshlardan qurilgan. Dag‘al yo‘nilgan toshlardan yasalgan devor na o‘lchami, na choklari bo‘yicha darvozaning g‘isht terish uslubiga mos kelmaydi va vaqtinchalik xarakterga ega ekanligi hamda keyinchalik qurilganligi haqida taassurot qoldiradi. Me'morlar S. Dadashov va M. Useynovlarning qayd etishicha, ehtimol, hukmdorlardan biri bu yerda bino qurmoqchi bo‘lgan, ammo nimadir bunga to‘sqinlik qilgan. Bundan tashqari, darvozadagi yozuvga ko‘ra, bu yerda darvoza emas, balki bino qurish buyurilgan.

Me'moriy xususiyatlari

Darvoza Shirvonshohlar saroyi majmuasining markaziy hovlisining sharqiy devorida joylashgan. Me’moriy jihatdan u Shirvonshohlar maqbarasi uslubida ishlangan, biroq ishlov berish va bezatish sifati bo‘yicha ulardan biroz pastroq turadi.

Shirvonshohlar maqbarasi darvozalarida past, ammo aniq chizilgan eshik o‘rni o‘ziga xos miqyos yaratgan bo‘lib, bu portalning ulug‘vorligi va mahobatini oshirgan. Murod darvozasida esa bunday emas. Portalning keng, past va mutanosib bo‘lmagan kirish qismi umumiy taassurotni sezilarli darajada pasaytiradi.

Qisqa ma’lumot

Turi
city gate
Qurilgan
1585-yil
Me’moriy uslub
Shirvan-Absheron architectural school
Tarkibiy qismi
Walled City of Baku with the Shirvanshahs' Palace and Maiden Tower
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.366032, 49.833825Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Murod darvozasi (uz.wikipedia.org), 27-aprel, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.