Robiya Sulton Begim maqbarasi

Yuriy75 · CC BY-SA 3.0

Adam Harangozó · CC BY-SA 4.0

Ken and Nyetta · CC BY 2.0

Robiya sulton begim maqbarasi — Turkiston sh. (Qozogʻiston)dagi meʼmoriy yodgorlik (XV asr) Yassaviy majmuasi tarkibida. Ulugʻbekning qizi Robiya Sulton begimga atab qurilgan.

Ulugʻbekning qizi Robiya Sulton Begim 1451-yilda oʻzbek xoni Abulxayrxonga turmushga chiqqan. U Abulxayrxonning ikki oʻgʻlli, xonlar Koʻchkunji va Suyunchxoʻjaxonning onasi boʻlib, Turkistonda yashagan va 1485-yilda vafot etgan. Maqbara Kuchkunji-xon tomonidan barpo etilgan.

Maqbara tarhi 8 qirrali, bosh tarzidagi peshtoq boʻrttirib ishlangan. Ichki qismi ham 8 qirrali, uning har bir qirrasi ravokli tokchalarga boʻlingan. Robiya Sulton begimning marmar qabr toshi turli oʻyma naqsh va yozuvlar bilan bezatilgan. 1898-yilda maqbara butunlay buzib tashlangan. 1972—75 yillarda qayta tiklash va taʼmirlash ishlari olib borilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Mavzoley
Tarkibiy qismi
Azret-Sultan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 43.296900, 68.271900Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Robiya Sulton Begim maqbarasi (uz.wikipedia.org), 21-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.