Shayx Zayniddin bobo maqbarasi

Bobyrr · CC BY-SA 4.0

Bobyrr · CC BY-SA 4.0

Bobyrr · CC BY-SA 4.0

Shayx Zayniddin bobo maqbarasi — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (13—XIV asrlar). Rivoyatlarga koʻra, maqbara Amir Temur davrida Shayx Zayniddin (XIII asr)ga atab barpo qilingan (qarang Zayniddinbobo). Shahar hududida, qabriston oʻrtasidagi balandlikda joylashgan, peshtoqgumbazli, choʻzinchoq maqbaraxonaqoxlar turiga mansub. Atrofida boshqa turli binolar — tobutxona, chillaxona (12— XIII asrlar), oshxona, ayvonli masjid, chortoq va boshqa bor. Old koʻrinishi jan.sharqqa qaratilgan, koʻchadan unga qoʻshimcha binolarni birlashtiruvchi xiyobon orqali kiriladi. Toʻrtburchak tarxli (16×18 m), bal. 20,7 m, hamma tomonlari peshtokli. Makbara markazida Shayx Zayniddin sagʻanasi, burchaklarida boshqa shaxslarning qabrlari bor. Maqbaraning jan.gʻarbiy peshtogʻidagi yozuvga koʻra, hijriy 1339-yilda (mil. 1920— 21) taʼmirlanib, maqbaraning eski gʻishtlari yangi gʻishtlar (26×12×6 sm) bilan almashtirilib, gumbazi kvadrat (24×24×5 sm) gʻishtdan terilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Mavzoley
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.323900, 69.203300Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Shayx Zayniddin bobo maqbarasi (uz.wikipedia.org), 21-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.