Gazaxlar masjidi

Urmen19 · CC BY-SA 4.0

Ludvig14 · CC BY-SA 4.0

Urmen19 · CC BY-SA 4.0

Gazaxlar masjidi (ozarbayjoncha: Qazaxlar məscidi) – XIX asrga oid tarixiy-meʼmoriy yodgorlik, Ozarbayjonning Ganja shahrida joylashgan.

Tarixi

Gazaxlar masjidi 1801—1802-yillarda Ganja shahriga Gazax viloyatidan kelgan qabilalar tomonidan bunyod etilgan. Gazaxlar masjidi Juma masjidi rejasi asosida qurilgan. Masjidning aniq meʼmori kim ekanligi haqida esa maʼlumotlar mavjud emas.

1920-yilda Ozarbayjonda Sovet hokimiyati oʻrnatilganidan soʻng, bolsheviklarning dinga qarshi kurashi boshlanadi. Koʻpgina diniy muassasalar singari Gazaxlar masjidi faoliyati ham toʻxtatilib, undan omborxona, maktab va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustda qabul qilingan 132-sonli qaroriga asosan, Gazaxlar masjidi mahalliy ahamiyatga molik tarix va madaniyatning koʻchmas yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.

2014-yilda masjidda yongʻin sodir boʻladi, natijada bino tomining bir qismi yonib ketadi. 2018-yilda masjidda restavratsiya ishlari olib boriladi. Hozirda ushbu tarixiy va meʼmoriy yodgorlikdan masjid sifatida foydalanilmoqda.

Arxitekturasi

Masjid poydevori daryo toshlaridan, devorlari esa qizil pishgan gʻishtdan qurilgan. Barcha devorlarining qalinligi 12—20 sm, balandligi 1,5 metr. Masjidning yuza qismi ham devorlariga mos tarzda qizil gʻisht bilan qoplangan. Juma masjidi singari Gazaxlar masjidi ham uchta kirish eshigiga ega boʻlib, masjidning oʻng va chap tomonida ham ikkita eshik joylashgan. Masjidning oʻn uchta yogʻoch derazasi va bitta zinapoyasi mavjud, devorlarida hech qanday kitob va turli bezaklar mavjud emas.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1886-yil
Me’moriy uslub
Arran architectural school
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.669798, 46.334596Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Gazaxlar masjidi (uz.wikipedia.org), 8-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.