Hoji Bani masjidi

Sefer azeri · CC BY-SA 4.0

Ludvig14 · CC BY-SA 4.0

Samral · CC BY-SA 4.0

Hoji Bani masjidi (ozarbayjoncha: Hacı Bani məscidi - Hoji Bani masjidi) Ozarbayjonda XVI asrda qurilgan masjidlardan biri. Poytaxt shahar Bokuning Icheri-sheherida joylashgan.

Tarixi va faktlar

Hoji Bani masjidi Shirvonshoh majmuasining bir qismi hisoblanadi. Arab manbalariga koʻra, masjid XVI asrda Hoji Bani tomonidan bunyod etilgan. Kirish eshigi qarshisida katta koʻp qavatli mehrob joylashgan boʻlib, masjidning tepas qismida gumbaz qurilgan.

Hoji Bani masjidi XX asr boshlarida rekonstruksiya qilingan. Qayta qurish jarayonida ayollar uchun alohida namozxona va qabulxona ham qoʻshib qurilgan. Masjid gumbazlari konussimon shaklda boʻlib, interyer va eksteryer konsepsiyalari milliy anʼanaviy meʼmorchilik uslubida qurilgan.

Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, Hoji Bani masjidi milliy ahamiyatga ega boʻlgan tarixiy yodgorliklar safiga kiritilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
XVI asr
Me’moriy uslub
Shirvan-Absheron architectural school
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.366944, 49.833611Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Hoji Bani masjidi (uz.wikipedia.org), 9-oktabr, 2023 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.