Hoji Heybat masjidi

Samral · CC BY-SA 4.0

Samral · CC BY-SA 4.0

Samral · CC BY-SA 4.0

Hoji Heybat masjidi (ozarbayjoncha: Hacı Heybət məscidi) – XVIII asrga oid tarixiy masjid, Icheri-sheherning bir qismi boʻlib, Ozarbayjonning Boku shahri Kichik Gala koʻchasida joylashgan.

Tarixi

Hoji Heybat masjidi 1791-yilda (hijriy 1206) meʼmor Hoji Haybat Amir Ali oʻgʻli tomonidan qurilgan.

Arxitekturaviy xususiyatlari

Hoji Heybat kichik masjidlardan boʻlib, bir qator mahallalar orasida joylashgan. Qurilish rejasiga koʻra masjid toʻrtburchak shaklda boʻlib, binoning ichki qismida toʻrtburchak shakldagi vestibyul, xizmat koʻrsatish xonasi va namoz oʻqiydigan alohida xona mavjud.

Masjid arxitekturaviy jihatdan mahalliy uslubda qurilgan boʻlib, tosh gumbazlar va qirrali ravoqlardan tashkil topgan. Binoning kirish qismi nisbatan soddaroq koʻrinishda boʻlib, aynan shu yerda Qur’on mavzulariga bagʻishlangan toj, epigrafik yozuvlar hamda yodgorlik meʼmori haqidagi maʼlumotlarga guvoh boʻlish mumkin. Masjidning ichki qismidagi burchaklardan biriga yodgorlik meʼmori va uning rafiqasi qabri joylashtirilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, cultural heritage
Qurilgan
1791-yil
Me’moriy uslub
Islom arxitekturasi, Shirvan-Absheron architectural school
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.367222, 49.833333Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Hoji Heybat masjidi (uz.wikipedia.org), 8-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.